zamonaviy poligrafiya va uning imkoniyatlari

MAKETLARGA TALABLAR

Rastr obyektlarining tavsiya etiladigan zichligi 300 dpi
Chiziqlar minimal qalinligi 0,15 mm bo‘lishi lozim.
Adobe Photoshopda barcha qatlamlar bitta qilingan. Rang modeli - CMYK yoki Grayscale.
Chop etish o‘lchami hoshiyalar bo‘yicha minimal chetlanish bir tomonlama chop etishlar uchun (4+0, 1+0) 3 mm, ikki tomonlama chop etishlar uchun (4+4, 1+1) 5 mm hisobga olingan holda, kesma formatga muvofiq kelishi lozim.  Chop etish o‘lchamlari millimetrda hisoblanishi kerak (oʻndan, yuzdan, mingdan birliklarga bo‘linmay). Adobe Photoshop uchun har bir buyum alohida faylda bo‘lishi kerak.
CorelDraw uchun – ko‘p sahifali hujjat, bitta sahifada bitta buyum.
Barcha qo‘llaniluvchi effektlar: (Powerclip, Blend, Contour, Distort, DropShadow, Envelope, Extrude, Transparency) RASTRLANADI, ya'ni, bitli tasvirga o‘giriladi.
Rantone yoki RGB bo‘yicha ranglar qo‘llanilganda, aniq rang berilishi kafolatlanmaydi.
Barcha shriftlar chiziqlarga aylantirilishi yoki maket bilan birga taqdim etilishi lozim.
Nashr formatini bosmaxona mutaxassisi bilan oldindan kelishib oling!
Nashr sahifalanishi PS plaftormasidagi «CorelDraw», «InDesign» dasturlarida bajarilishi lozim. Sahifalashda haddan oshirilgan zichlikka ega tasvirlar bo‘lmasligi kerak. (max - 300 dpi yarimton, max 1200 dpi – Bitmap)
Sahifalashda yoki PDF (PS) fayldagi barcha sahifalar tartib bilan qo‘yilgan va bir xil formatga ega bo‘lishi lozim. Barcha muhandislik nashrlari  (GAT va ALT) AutoCAD kabi bazaviy formatlardan PDF formatiga o‘tkazilishi lozim, bu nashrdagi ma’lumotlar va tuzilmaviy unsurlarning tushib qolishining oldini oladi!