zamonaviy poligrafiya va uning imkoniyatlari

Kompaniya haqida

“ADVERTISING GUIDE” mas'uliyati cheklangan jamiyati 2007 yilda ta'sis etilgan. 
Biroq, bosmaxona mijozlarga va biznes bo‘yicha sheriklarga ADG Copy Center savdo markasi ostida ko‘proq tanish. ADG Copy Center – bu ofisi va ishlab chiqarish sexi Toshkent shahrida bo‘lgan to‘liq sikldagi zamonaviy, tezkor bosmaxonadir. Bosmaxonamiz matbaa bozorining premium segmentiga tegishli, bu yuqori tezlik va taqdim etilayotgan matbaa xizmatlarining sifatida o‘z aksini topadi. 
Tezkor chop etish buyurtmani bir necha soat ichida bajarish imkonini beradi. 10 yil mobaynida bosma mahsulotlar ishlab chiqarishda muntazam takomillashib va yuqori sifat standartlarini ilgari surib, biz matbaa bozorida mutlaq obro‘ga ega bo‘lib kelmoqdamiz. Biznesdagi barqaror yuqori ko‘rsatkichlar va mijozlar sonining o‘sib borishi tufayli kompaniya o‘z ishlab chiqarishini muntazam kengaytirib, eng yaxshi jahon ishlab chiqaruvchilaridan yangi jihozlar va texnologiyalar keltirishga investitsiya kiritmoqda. Biz biznesning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ishlaymiz va istalgan didga mos keng ko‘lamdagi matbaa mahsulotlarini taklif etamiz.  

Rangli va oq-qora matbaa mahsulotining to‘liq ko‘lami (tashrif qog‘ozlari, flaerlar, bukletlar, papkalar, prospektlar, kataloglar va h.k.) – mijozlarimiz xizmatida. Shuningdek, biz buyurtmachilarga muhandislik, interyer va keng formatli Kopi-Skan-Bosma sohasidagi mutlaq barcha formatlar bo‘yicha qudratli va samarali tizimlarni taklif etamiz.

Kompaniya mijozlar va biznes-sheriklar bilan uzoq muddatli, ishonchli va o‘zaro manfaatli hamkorlikka ko‘z tutadi. Biz o‘z sohamizning eng yaxshisi va buyurtmachilarimiz uchun ishonchli sherik bo‘lishga intilamiz.
Kompaniyada malakali xodimlar – dizaynerlar, chop etuvchilar, chop etilgandan keyingi ishlov berish mutaxassislari, shuningdek bosmaxonalarda uzoq yillik ish tajribasiga ega menejerlar ishlashadi. Xodimlarimiz Sizga istalgan masala bo‘yicha konsultatsiya berishga tayyorlar. Kompaniya har bir mijoz uchun individual yondashuvni qo‘llaydi, bu mijozlar tomonidan bosmaxonamizga bo‘lgan sadoqatning yuksak darajada bo‘lishini ta'minlaydi.
Hamkorlikdan mamnun bo‘lamiz!