zamonaviy poligrafiya va uning imkoniyatlari

Postpress

Postpress deganda matbaada adad chop etilgandan keyingi barcha ishlar nazarda tutiladi. Chop etilganidan keyingi ishlovlar mahsulotga tugallanganlik ko‘rinishini beradi, shuningdek, qo‘shimcha bezash xarakteriga ega bo‘lishi mumkin. Chop etishdan keyingi ishlov mahsulotga individual dizayn va mustahkamlik berish uchun zarur. Asosiy postpress jarayonlariga quyidagilar kiradi: kesish, teshish, bukish, bukish chizig‘i berish, ishlov berish, biriktirish, muqovalash. Bu jarayonlardan tashqari, bezak ishlari ham mavjud – bosma naqsh solish, UB/SD-loklash, laminatsiya va h.k.
Quyida ishlov berishning har bir ko‘rinishini alohida o‘rganib chiqamiz:
Laminatsiya – bu matbaa buyumlarini shikastlanishlardan saqlash uchun maxsus plyonka bilan qoplashdir. Laminatsiya bir tomonlama, ikki tomonlama, yaltiroq, jilosiz, yupqa, o‘rtacha va qalin bo‘lishi mumkin. Bosma naqsh – bosim va harorat ta'sirida buyumga tayyor shtamp yoki folga yordamida tasvir tushirish. Bosma naqsh folgali, botiq (blint) yoki bo‘rtma (kongrev) bo‘ladi.
Kongrev – shtamp va bo‘rtma matritsa yordamida tasvirga ega bo‘lish. Odatda kongrev kundaliklar, papkalar, kitoblar muqovasini bezashda ishlatiladi.
Kesmalar – bu texnika POS marketing materiallari – shleftokerlar,  narx qog‘ozlari, vobblerlar, dispanserlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Bukish chizig‘i berish – matbaa buyumlarida bukish joyida oldindan shtrix qoldirib ketish. Bu texnika bukish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va tezlashtiradi.
UB-loklash – varaqqa yaltiroqlik va shikastlardan himoyalash berish uchun lok surish.
Ofset loklash – bosmaga maxsus ofset lokini surish va ofset bosma mashinada qo‘shimcha bo‘yoqdan o‘tkazish.
SD-loklash – buyumga silliq yoki jilosiz suvdispersiyali lok surtish.
Muqovalash – matbaa materiallarini biriktirishning turli ko‘rinishlari mavjud (skobalar bilan biriktirish, qaynoq yoki sovuq yelimlash, broshyuralashda prujinalar bilan biriktirish, kashirlash).
Postpress ishlovning qo‘lda bajariladigan turlariga parchinlash, lyuverslar o‘rnatish, alohida unsurlarni yelimlash kiradi.